AsosiyDunyo

Islom mamlakatlari Afg`onistonga moddiy yordam ajratmoqchi

'Islom mamlakatlari Afg`onistonga moddiy yordam ajratmoqchi'ning rasmi

Pokiston poytaxti Islomobodda Islom hamkorligi tashkilotiga a`zo 57 mamlakat delegatlari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda DW xabar berdi

Qayd etilishicha, Pokistonda bo`lib o`tgan musulmon mamlakatlari anjumanida Afg`onistondagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va mamlakat aholiga ko`mak berish bo`yicha muzokaralar olib borilgan. 

Shuningdek, Pokiston bosh vaziri Imron Xon tezroq afg`on xalqiga yordam berilmasa, millionlab aholi ochlikdan halok bo`lishi mumkinligini ta`kidlandi. Tashkil etiladigan fond orqali Afg`onistonga yordam berishni maqsad qilingan.

Mazkur anjumanda Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy Islom taraqqiyot banki hamkorligida fond tashkil etilishi ma`lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar