1

Umurzakov Eronning iqtisodiy masalalar bo`yicha vise-prezidenti bilan muzokaralar o`tkazdi

Iqtisodiyot 22.12.2021, 20:49
Umurzakov Eronning iqtisodiy masalalar bo`yicha vise-prezidenti bilan muzokaralar o`tkazdi

Muzokaralar vaqti yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va hamkorlarni izlab topish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Bugun, 22 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Eron Islom Respublikasining iqtisodiy masalalar bo`yicha vise-prezidenti M.Rezaiy bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda vazirlik ma`lum qilmoqda.

Ta`kidanishicha, muzokaralar chog`ida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan. 

"Muzokarada investisiyaviy hamkorlik sohasiga e`tibor qaratilib, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo`jaligi, baliqchilik, farmasevtika, elektrotexnika, kimyo va engil sanoat sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta`kidlandi. Yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo`yicha hamkorlarni izlab topish yuzasidan kelishuvga erishildi",-deya alohida qayd etiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston-Eron savdo aylanmasining ijobiy dinamikasi, jumladan, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida o`zaro savdo hajmi 74,4 foizga oshgan. Tomonlar O`zbekiston va Eron o`rtasida Imtiyozli savdo to`g`risidagi bitim loyihasi ustida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga kelishib olishgan. Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga ham to`xtalib o`tilgan.

"Yaqin kelajakda qator ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning 14-yig`ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida O`zbekiston bilan Eron o`rtasida investisiyalar, sanoat, savdo va transport sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishildi",-deya yakun yasaladi bo`lib o`tgan muzokaralar haqidagi xabarga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1