1

Xunuk ayollarga uylangan mashhur erkaklar

SUG'DIYONA 07.05.2016, 10:57
Teglar: Er-xotin
Xunuk ayollarga uylangan mashhur erkaklar

Bu juftliklar faqat go`zal ayollarni sevishdan yaraladigan muhabbatni rad etadi, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri.

Xushsurat va omadlik erkakning xunuk ayol bilan baxtli bo`lishiga ishonasizmi? Bu haqda gap ketadigan bo`lsa, aksariyat odamlar “chiroyiga non botirib eydimi?” yoki “sochi paxmoqning baxti bor” qabilidagi maqollarni yodga olamiz. O`ziga ishongan odam, tashqi qiyofasini qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qiladi, ularni sevgan odam esa qad-qomatlari, uzun oyoqlari uchungina sevmaydi. Bunday juftliklarni har qancha muhokama qilsalar-da, ularning nikohi mustahkam, baxtli oilalardan biri bo`lib yashab kelishmoqda. Marhamat, ular bilan tanishing!  

Mark Sukerberg – Prissilla Chan

Facebook asoschisi, dunyoning eng boy va mashhur kishisi Mark Sukerberg mana uzoq yillardan beri kursdoshi Prissilla Chan bilan uchrashib keladi. Dunyoning eng yosh milliarderi, kuyovlikka eng yaxshi nomzod bo`lmish Mark Sukerbergning muhabbati uzoq umr ko`rishiga hech kim ishonmadi. Ammo ular hamon birga. Markning aytishicha, u hech qachon go`zal modellarni qidirmagan. Prissilla juda oddiy va kamtar qiz, mark uning yonida bo`lganda atrofdagi ayollarga umuman e`tibor bermaydi. To`ydan keyin, farzand tug`ilgach, u Prisillani ilgarigidan ham ko`proq yaxshi ko`rib qoldi. 

Pirs Brosnan – Kili Shey Smit

Jeyms Bond rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan Pirs Brosnan Bondning sevgan qiziga o`xshash klassik uslubdagi qizga uylanmadi. U har intervyusida rafiqasi Kili Shey Smitga bo`lgan muhabbati haqida gapirishdan charchamaydi. Kili Shey Smitning qaddi-qomati zamonaviy moda talablariga javob bermasa-da, Pirs Brosnan uchun u dunyodagi eng go`zal ayol hisoblanadi. 

Josh Xollouey – Yessika Kumala

Gollivudning eng ko`rkam aktyori bo`lmish Josh Xollouey indoneziyalik Yessika Kumalaga uylanganiga yaqinda 10 yil to`ladi. Yessikaning tashqi qiyofasi ham modellarning tashqi qiyofasidan keskin farq qiladi. Ammo Josh s`yomka jarayonida har qancha go`zal aktrisalar bilan juftlikni yaratsa ham, hayotda rafiqasiga xiyonat qilmaydi. 

Jon Lennon – Yoko Ono

“Bitlz”ning mashhur qo`shiqchisi Jon Lennon va yapon avangardisti, xonanda Yoko Ono o`rtasidagi muhabbat tillarda doston bo`lgan edi. Yoko Jonga shunchalik ta`sir ko`rsatdiki, Jon uning ta`siri ostida Yokoning barcha falsafiy qarashlarini o`ziniki qilib oldi. Zodagonlar oilasida dunyoga kelgan Yoko Jon uchun mukammallik namunasi, tengi yo`q, daho ayol bo`lib ko`ringan. Butun dunyo uning g`alati muhabbatini muhokama qilayotgan paytda u, Yokoni shunchaki muhabbati emas, balki hayotida tub burilish yasagan inson sifatida tan olgan.

Kris Not – Tara Uilson

Gollivudning mashhur aktyori Kris Not barcha ayollar uchun “Orzudagi erkak” bo`lsa-da,  ideal ayol go`zalligidan olisda bo`lgan, oddiygina ofisiant ayol Tara Uilsonga uylangan.

Aaron Teylor-Jonson – Sem-Teylor Vud

“Anna Karenina” filmida Kira Naytli bilan birga suratga tushib, Vronskiy rolini ijro etgan xushsurat aktyor Aaron Teylor Jonson o`zidan 24 yosh katta bo`lgan Sem-Teylor Vudga uylangan! Atrofdagilar barmog`ini chakkasiga qo`yib aylantirayotganda, uning oilasida 2 farzand dunyoga kelib bo`lgandi. Aaronning aytishicha, boshqalarning uning rafiqasi haqidagi fikri mutlaqo qiziqtirmaydi, Sem Aaron uchun dunyodagi eng go`zal ayol bo`lib qolaveradi. 

Vensan Peres – Karin Silla

Bu haqiqiy “Santa-Barbara” ga o`xshaydi. Fransiyaning eng ko`rkam aktyori bo`lmish Vensan Peres dunyoning eng go`zal ayollari bo`lmish Karla Bruni, Jaklin Bisset, Katrin Denevlar bilan uchrashgan. Ammo uylanishga kelganda do`sti Jerar Depardedan o`zi uchun voz kechgan Karin Sillaga uylandi. Karin unga ikki qiz va bir o`g`ilni hadya etdi. “Men rafiqamning fanatiman, u so`zlari bilan meni o`ziga maftun etgan. Karin haqiqiy iste`dodli yozuvchi, meng uning ko`plab pesalarini, ssenariylarini hayajon bilan o`qib chiqqanman”, deb ta`rif beradi sevimli rafiqasiga Vensan Peres.

Sandro Koppa - Tilda Suinton

Tilda Suinton sevgilisi Sandro Koppadan 18 yosh katta. Aktyorlar bundan 10 yil muqaddam “Narniya solnomasi: Arslon, jodugar ayol va sehrli shkaf” filmi s`yomkalari jarayonida tanishib qolishgan. Ular shundan beri birga hayot kechirishmoqda. Sandro har kuni Tildaga muhabbat izhor etishdan charchamaydi.

Sharhlar

Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
​“Erim puli ko`paygach, o`zgarib qoldi...”

12.07.2017, 16:22

“Yoshim qirq beshda. Uch farzandning onasiman, bir qizimni turmushga uzatganman. Erimning ishlari 2-3 yil oldin yurishib ketdi, topish-tutishi yaxshilandi. Puli ko`paygach, u o`zgarib qoldi. Ichadigan...
​Erkaklar diqqatiga: oila tinchligi sizning qo`lingizda!

04.07.2017, 17:08

«Ayolim bilan oxirgi paytlarda ko`p tortishib qolayapmiz. Uni xafa qilib qo`yayotganimni bilaman. Uzr-ma`zur qilib yarashib olsak ham, kichik tortishuvlarimiz bir-biriga ulanib, katta janjalga aylanishidan, oilaviy...
​«Ayb sendami, ayb mendami, endi yor?»

30.06.2017, 11:00

Aybdorlik hissiga taslim bo`lgan kishi qafasdagi qushdek yashashi, undan yiroq odam esa mas`uliyatsizga aylanib qolishi hech gapmas. Ushbu testimiz nafaqat sizning bu hisni qanchalik tuyushingizni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1