Xitoyda oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog`liq 164ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, bu 9 avgustdan buyon eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.
Aniqlanganlarning 73tasi xorijdan kelgan fuqarolar hisoblansa, qolgani mahalliy aholida qayd etilgan.
13 dekabr kuni Xitoyda koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan kasallangan dastlabki bemor aniqlangandi.