Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish markazi (OCCRP) Afg`onistondan qochib ketgan sobiq prezident Ashraf G`ani “2021 yilning eng korrupsiyalashgan odamlari” ro`yxatiga kiritildi, deb e`lon qildi. Bu haqda O`z A "REGNUM" Axborot agentligi tayanib yozmoqda.
Dunyo axborot agentliklari va mustaqil jurnalistlarini o`zida birlashtirgan Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish markazi har yili jahon miqyosidagi korrupsionerlar reytingini e`lon qilib boradi. 2021 yilda ushbu tashkilot ekspertlari korrupsiya borasida birinchilikni Afg`onistonning sobiq prezidenti Ashraf G`aniga berishdi. Olti kishidan iborat hakamlar hay`ati Ashraf G`anining nafaqat yuqori darajada korrupsiyalashgan shaxs ekanini, balki davlat rahbarligiga umuman loyiq emasligini ham qayd etib o`tishdi.
Mazkur loyihaning ta`sischilaridan biri Dryu Sallivanning ta`kidlashicha, Ashraf G`ani korrupsiya timsoli bo`lishdan tashqari, o`ta ketgan darajada o`z vazifasiga loyiq bo`lmagan shaxs hisoblanadi. U o`z xalqini taqdir hukmiga tashlab, uni halokatga yo`liqtirdi, o`zi esa hukumatidagi korrupsiyalashgan amaldorlari bilan birga, BAAga qochib ketdi.
Ashraf G`ani – sobiq iqtisodchi va olim. U Afg`onistonga 2014 yildan buyon prezidentlik qilib keldi.






