"Navbahor U-18" himoyachisi Samandar Yigitaliev 29 dekabr kuni vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, futbolchi avtohalokatga uchrab vafot etganligi aytilmoqda.
"Navbahor’ PFK "Navbahor U-18" jamoasi himoyachisi Samandar Yigitalievning avtohalokatga uchrab, bevaqt vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi», deyiladi xabarda.