Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomard To`qaev o`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonunni imzoladi.
Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda TASS.
Qayd etilishicha, o`zgartirishlar Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktning o`lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi Fakultativ Protokoliga muvofiq ishlab chiqilgan. Qozog`iston ushbu protokolni 2021 yil yanvar oyida ratifikasiya qilgan.
Qonunchilikka kiritilgan o`zgartishlar respublika Jinoyat kodeksining barcha moddalaridan o`lim jazosini chiqarib tashlashni taklif qiladi. Shunday qilib, 47-modda "O`lim jazosi" istisno jazo sifatida butunlay chiqarib tashlandi.
Endi jinoyat kodeksida eng og`ir jazo umrbod qamoq jazosi bo`ladi.
04.08.2022, 10:57
O`zbekiston Bosh konsulligi Olmaotada og`ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarning eson-omon vataniga qaytishiga ko`maklashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning 3 nafar fuqarosi mehnatdan...06.06.2022, 11:25
Qozog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha respublika referendumining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ovoz berish uchun 8 million 30 ming 739 nafar fuqaro saylov byulletenlarini...27.09.2021, 21:35
Qozog`istonning qator hududlarida qor yog`di. Mahalliy OAV bu haqda ma`lum qildi. Birinchi qor Qo`stonay viloyatining ayrim tumanlarida, shuningdek, viloyat markazida qayd etildi, deb xabar beradi mamlakat...29.08.2021, 17:52
Qozog`iston janubidagi Jambil viloyatida, ilgari o`q–dorilar omborida portlashlari sodir bo`lgan harbiy qismda, yakshanba kuni yana bir portlash sodir bo`ldi, deb xabar qildi respublika Mudofaa vazirligi...