AsosiySport

Fransiyaning ikki klubi mamlakat kubogidan chetlatildi

'Fransiyaning ikki klubi mamlakat kubogidan chetlatildi'ning rasmi

Fransiya futbol federasiyasi mamlakat Kubogi 1/32 finali doirasidagi "Parij" — "Lion" uchrashuvi bo`yicha yakuniy qarorga keldi. Shu o`yinda tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Unga ko`ra, ikki klub ham musobaqadan chetlatildi. Qolaversa, "Parij" klubi 5ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o`tkazishdan tashqari, 10 ming evro miqdorida jarima ham to`laydi. 

"Lion" esa 52 ming evro jarima to`laydi. Shuningdek, klub muxlislari "Parij" stadioni o`rindiqlarini sindirgani bois, uni ta`mirlash xarajatlarini ham qoplaydi.

Boshqa yangiliklar