AsosiyDunyo

15 yoshli o`smir oilaviy sayohatda o`z joniga qasd qildi

'15 yoshli o`smir oilaviy sayohatda o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

lenta.runing Daily Newsga tayanib xabar berishicha, 15 yoshli o`smir hashamatli kruiz kemasida oilaviy sayohatda o`z joniga qasd qilgan.

Hodisa 22-dekabr, chorshanba kuni Karib dengizida besh kunlik sayyohatdan so`ng Mayamiga (AQSh) qaytayotgan hashamatli layner bortida sodir bo`lgan. Kechqurun soat 19:30 atrofida kemaning barcha yo`lovchilariga uchta qisqa ovozli signal orqali odam bortda ekanligi haqida xabar berilgan.

“Ekipaj a`zolari voqea haqida rasmiylarni xabardor qilib, yigitning oilasiga yordam ko`rsatishgan. Mayami portiga etib kelgach, polisiya fojiali voqeani tergov qilishni boshlaydi”, — degan Kruiz kompaniyasi vakillari. 

Qayd etilishicha, layner yo`lovchilari voqeadan hayratda qolgan. 

 

    Boshqa yangiliklar