AsosiyDunyo

2021 yilda dunyo bo`yicha nechta jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi

'2021 yilda dunyo bo`yicha nechta jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyo bo`yicha 45 nafar jurnalist o`ldirilgani ma`lum qildi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasi ma`lum yil yakunlari bo`yicha bergan hisobotida aytib o`tdi

Ma`lum qilinishicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 20 nafar, Amerikada 10 nafar, Afrikada 8 nafar, Evropada 6 nafar, Yaqin Sharq va arab dunyosidagi bir nechta jurnalistlar halok bo`lgan. Eronda sodir bo`lgan baxtsiz hodisa tufayli yana ikki jurnalist halok bo`ldi.

Bundan tashqari, Afg`onistonda 9 nafar, Meksikada 8 nafar, Hindistonda 4 nafar va Pokistonda 3 nafar jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi. 33 nafar jurnalist esa hujumlarga duchor bo`lgan. 

Federasiya xabariga ko`ra, 2021 yilda 365 nafar OAV xodimlari qamalgani ham ochiqlandi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar