O`tgan mavsum "Paxtakor"da to`p surgan himoyachi Anzur Ismoilov AGMK bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 15 yil davomida O`zbekiston milliy terma jamoasida uzluksiz o`ynagan, 7 mavsum legioner sifatida Xitoy Superligasi vakili «Chanchun Yatay» jamoasi sharafini himoya qilgan, «Traktor», «Dinamo» klublarida faoliyat yuritgan, «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari bilan O`zbekiston chempioni va O`zbekiston kubogida ko`p karra g`olib chiqqan tajribali himoyachi, 2022 yildan e`tiboran erkin agentga aylangan Anzur Ismoilov AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Anzur Ismoilov haqida qisqacha ma`lumot: futbolchi 1985 yil, 21 aprel kuni tavallud topgan. Sevimli raqami — 5.
Anzur Ismoilov AGMK jamoasida ham 5-raqamli libosda o`ynaydi.






