AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hududidan chigitni olib chiqishga taqiq qo`yilganmi?

'Qashqadaryo hududidan chigitni olib chiqishga taqiq qo`yilganmi?'ning rasmi

Qashqadaryo hududidan chigitni olib chiqishga taqiq qo`yilganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ushbu holat nazoratga olingan bo`lib, chigitni «Umekey» postidan o`tkazilmayotganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimiyati va Qashqadaryo viloyati IIBga so`rovnoma yuborilgan.

2020-yilda ham 3 ta viloyatda bu kabi holat kuzatilgan. Qo`mita tomonidan 2020-yil 27-noyabrda O`zbekiston Respublikasi Raqobat to`g`risidagi qonunining 12 moddasi talablari buzilganligi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyat hokimliklariga hamda ushbu viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qo`mita tomonidan 2020-yil 27-noyabrda ish qo`zg`atilgan edi. Qonunchilik talablari buzilganligi o`z tasdig`ini topganligi sababli hokimliklarga va viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qo`mitaning qarori qabul qilingan va ko`rsatmasi berilgan edi. Shunga qaramay, Qashqadaryo viloyatida bu kabi holat qayta kuzatilmoqda.

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining tegishli korxonalari tomonidan birja savdolariga qo`yilgan chigit mahsulotlari birja orqali tadbirkorlik subektlari tomonidan sotib olinganligiga qaramay, ushbu chigit mahsulotlarini viloyat hududidan olib chiqishda to`siqlar borligi noroziliklarga sabab bo`lmoqda.

Holat yuzasidan Qo`mitaga ham murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar Jismoniy va yuridik shaxslarning hamda Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari doirasida chora ko`rish uchun o`rganilmoqda. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar