AsosiyJINOYAT

Namangada "Lasetti" haydovchisi piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi

2021 yil 29 dekabr kuni Namangan viloyatida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum...

'Namangada "Lasetti" haydovchisi piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 29 dekabr kuni Namangan viloyatida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, shu kuni soat 17:30 larda Yangiqo`rg`on tumani Mo`g`ol MFY ichki yo`lida, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Yangiqo`rg`on tumanida yashagan, 1980 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar