AsosiyJamiyat

Zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o`qituvchilarining malakasi oshirilmoqda

'Zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o`qituvchilarining malakasi oshirilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 4-8 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida Prezident ta`lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Raqamli avlod" IT oromgohi doirasida mahorat darslari bo`lib o`tdi.  

Onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan darslarda Respublikamizdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, 102, 104, 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari, shuningdek, Agentlik tizimidagi maktab o`quvchilari hamda IT va Media sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Kun davomida ishtirokchilar uchun Dasturlash asoslari (Python), Frontend (Javascript, react), Backend (Django), .NET, Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook) kabi yo`nalishlarda onlayn darslar bo`lib o`tdi. Bir vaqtning o`zida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida Mehribonlik uyi va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o`quvchilari uchun Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook), Robototexnika va Media yo`nalishlari bo`yicha jonli mahorat darslari olib borildi. “Media va raqamli marketing” hamda “Grafik dizayn” yo`nalishi ishtirokchilari uchun darslar gibrid shaklida tashkil etildi. Robototexnika darslarida ishtirokchilar o`zlari yasagan "smart car"larda o`zaro bellashdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarining informatika fani o`qituvchilari uchun Robototexnikadan malaka oshirish darslari tashkil etildi. Oromgoh davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ham maxsus ta`lim dasturi ishlab chiqildi.

Ma`lumot o`rnida, onlayn darslarda ishtirok etish uchun Respublika bo`ylab 3000 dan ziyod yoshlar ro`yxatdan o`tgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar