AsosiyJamiyat

"Umra" ziyoratchilarining O`zbekistonga qayta kirib kelish tartibi belgilandi

'"Umra" ziyoratchilarining O`zbekistonga qayta kirib kelish tartibi belgilandi'ning rasmi

Avvalroq O`zbekistonda ham "Omicron" aniqlangani, shuningdek, O`zbekistonda koronavirusga qarshi ehtiyot choralari kuchaytirilayotgani haqida yozgan edik. 

Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirish bilan birgalikda Umra ziyoratchilarining O`zbekistonga kirib kelish tartibi belgilanmoqda.

Xususan, Umra ziyoratidan qaytadigan O`zbekiston fuqarolaridan koronavirusga PZR yoki ekspress test Saudiya Arabistoni hududida o`zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi va manfiy natijasiga qarab mamlakatga kiritiladi.

"Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo`yicha qo`mitaning fuqarolarimizni Umra ziyoratlaridan qaytishlarida ushbu natijalarga muvofiq kirib kelishini tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar