Namangan viloti To`raqo`rg`on tuman hokimligining axborot xizmati bu haqda ma`lum qildi.
Xabarlarga ko`ra, 2022 yilning 5 yanvar kuni Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasiga Namanganning "Uychi" tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qiladi.
Mazkur murojaatda aytilishicha, Namangan shahar "Afsona" bog`i ro`parasida joylashgan avtobekatda fuqaro o`ziga tegishli mashinada mijoz kutayotgan vaqt 3 nafar shaxs 25, 30 yoshlardagi shaxslar haydovchining yoniga kelib, 360 000 so`m evaziga Toshkentga olib borib qo`yishini aytadi. Fuqaro Toshkent viloyati Ohangaron shahriga qarab ketayotgan vaqt yo`lovchilar to`satdan haydovchiga hujum qiladi. Uni dastlab arqon bilan bo`g`ishgan va haydovchining mashinadagi 500 AQSh dollari, 100 000 so`m pullari hamda qo`l telefonini olishgan. Ta`kidlanishicha, shundan so`ng, haydovchining oyoq-qo`llarini bog`lab, mashina bagajiga solishgan. Jizzah shahar Alisher Navoiy MFY hududiga etganda shu hududda qurilayotgan ko`p qavatli uylar yoniga olib borib, avtoulov va haydovchini qoldirishadi. O`zlari esa voqea joyidan g`oyib bo`lishadi.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Uni sodir etganlar esa ayni damda qidiruvda va fuqarolardan ularni topishda ko`mak so`ralmoqda.






