Kecha, 29 iyun kuni Andijonda bir necha shaxslar bir kishini temir jism bilan urib, tan jarohati etkazgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qo`lga olingan. Ularga nisbatan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 105-modda 2-qismi "i" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
"Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlanadi" – deyiladi xabarda.