AsosiyJinoyat

Samarqandda ayolini pichoqlagan erkak 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

'Samarqandda ayolini pichoqlagan erkak 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Samarqandda erkak ayolini pichoqlagani uchun 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, 1979 yilda Samarqandda tug`ilgan erkak 2024 yil 10 dekabr kuni ayoli bilan o`rtada kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilik sababli janjallashib qolgan. Ayoli unga qarshi tuman IIBga ariza bergan.  Sud majlisida ayol "erim ortimdan pichoq ko`tarib quvladi" deb, tuhmat qilgan. 

Ayolining qilgan ishidan qattiq jahli chiqqan er, 15 dekabr kuni kechki vaqtda mast holatda uyiga kelgan va ayoli bilan yana gap talashgan. Ayol esa unga turli xil so`zlarni aytib, qarg`ab xonadan chiqib ketgan. Toqati toq bo`lgan erkak ayolining ortidan biqiniga ikki marotaba pichoq sanchib, tan jarohati etkazgan.

Sud davomida sudlanuvchi aybiga to`liq iqrorligi, ayolidan uzr so`rab o`zaro kelishib yarashib olganligini, shu sababli qonun doirasida engillik berib, qamoq bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlashni so`ragan. Jabrlanuvchi va guvoh ham sud davomida yuqoridagi holatni ta`kidlashgan.

Sud xulosasiga ko`ra, ayblanuvchi Jinoyat Kodeksining 126-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar