AsosiyJinoyat

Surxondaryoda prokuror 10 ming AQSh dollar bilan ushlandi

'Surxondaryoda prokuror 10 ming AQSh dollar bilan ushlandi'ning rasmi

Surxondaryoda prokuror pora olayotganda ushlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, 29 iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo`lim katta prokurori “ERS” MChJga suv tejovchi texnologiyalarni o`rnatish bilan bog`liq masalalariga ko`maklashish evaziga firibgarlik yo`li bilan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo`lga olingan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar