Farg`ona shahrida o`zganing xonadonini qalbaki hujjatlar asosida 20 800 AQSh dollariga sotgan firibgarlar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro V.K. va boshqalar o`zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli Yangi Asr ko`chasidagi xonadonni go`yoki o`ziga tegishli ekanligini aytib, unga qalbaki hujjatlarni taqdim qilib, uyni 20 800 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.