AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Omicron" sabab 15 yanvardan turli tadbirlar o`tkazish taqiqlanadi

'O`zbekistonda "Omicron" sabab 15 yanvardan turli tadbirlar o`tkazish taqiqlanadi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlangani munosabati bilan 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 15 yanvardan boshlab xorijiy davlatlardan mamlakatga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy ko`rsatkichli ma`lumotga ega bo`lishi lozim.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy ko`rsatkichga ega ma`lumotnoma bo`lmaganda, aeroport, temir yo`l vokzallari va chegara o`tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo`jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta`minlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko`zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq maxsus komissiya qarori bilan vaksina olmagan xodimlar endi ishxonaga qo`yilmasligi, talabalarni emlash tadbirlari esa kuchaytirilishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar