AsosiyJamiyat

Ombudsman: Sud orqali xodimlarning 335 million so`mlik ish xaqi undirib berildi

'Ombudsman: Sud orqali xodimlarning 335 million so`mlik ish xaqi undirib berildi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) xabariga ko`ra, 38 nafar fuqaroning ish xaqi pullarini o`z vaqtida to`lanmayotganligi masalasida yozgan murojaati o`rganib chiqildi.

Unda aniqlanishicha, MChJ 2020 yil 1 avgustdan to 2021 yil 1 oktyabrgacha ishlangan davr uchun xodimlariga 335.610.914 so`mga yaqin ish haqlarini to`lamay kelgan.

"Vaholonki, “Uzagroservis” AJ tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyat “AgroservisMTP” MChJ rahbarlariga 2021 yil 16 sentyabr kuni yo`llagan xatda, ishchi xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so`zsiz ta`minlash maqsadida rahbarlik qilinayotgan jamiyat va qo`yi korxonalarni ish xaqi va byudjet to`lovlaridan mavjud qarzdorliklarini amalda ajratilayotgan g`alla 2022 yil hosili uchun imtiyozli kredit mablag`lari hamda boshqa manbaalar hisobidan undirish choralarini ko`rilishini talab qilingan",-deyiladi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan Ombudsman tomonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Kasbi tumanlararo sudiga murojaatchilarning manfaatlarida da`vo ariza kiritildi. Shunga ko`ra, sud buyruqlari bilan umumiy hisobda 335.610.914so`m miqdorida ish xaqi undirilishi va darhol ijroga qaratilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar