Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati YPX inspektorlarini ko`proq "protokol" tuzishga majburlagani yozib olingan audio tarqaldi.
Ushbu ovozli xabar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.
Unda ta`kidlanishicha, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig`ining o`rinbosari Sh.Qo`shaqov va navbatchi E.Alimovlar tomonidan YPX xodimlari kun davomida 20 ta ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirishi zarurligi aytilgan. Xozirda xabar yuzasidan IIV JXD YHXX tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilishi belgilangan.






