Namangan shahrida mingga yaqin odam tungi paytda yo`lni to`sib harakatlangani haqida xabar tarqaldi.
Namangan viloyati IIBning ma`lum qilishicha, videodagi hodisa 2021 yilning 31 dekabr kuni sodir bo`lgan. “Yangi yil archasi” bayram tadbirlari munosabati bilan Namangan shahrining “Afsonalar vodiysi” istirohat bog`iga markaziy archa o`rnatilgan bo`lib, unga viloyatning barcha tumanlaridan 1000 nafarga yaqin fuqarolar to`planishgan.
Istirohat bog`iga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida VIIB JQB, TEQKB, HPB, PPXva JTSB, Kinologiya xizmati, Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB hamda Milliy gvardiyadan jami 253 nafar xodimlar xizmatga jalb qilingan.
Ta`kidlanishicha, jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan HMQO xodimlari tomonidan fuqarolar tarqatilayotgan holat internet tarmoqlarida namoyish qilingan.
2021 yilning 31 dekabr kuni vvloyat hududida norozilik chiqishlari va namoyishlar hamda ko`ngilsiz holatlar sodir etilmagan.






