AsosiyJamiyat

Buxorolik 3 kishi pandemiya sabab bekor bo`lgan avia chipta pullarini 2 yil deganda qaytarib oldi

'Buxorolik 3 kishi pandemiya sabab bekor bo`lgan  avia chipta pullarini 2 yil deganda qaytarib oldi'ning rasmi

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xabar berishicha, foydalanilmagan avia chiptalarni pulini qaytarish muammolari  bugungi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Ma`lum qilinishicha, pandemiya sababli  bekor qilingan reyslar  tufayli avia chipta pullarini qaytarish bo`yicha  bildirilgan murojaatlar  kelishi davom etmoqda.

Agentlikning Buxoro viloyati hududiy tuzilmasi  “UZBEKISTAN AIRVAYS” AJdan “Buxoro-Moskva” aviakompaniyasidan ikki yil,   aynan 2020 yilning aprel oyida uchta avia chipta sotib olgan fuqarolarning murojaatini ko`rib chiqdi.

 Iste`molchilar o`z murojaatlarida 2 yil davomida sarflangan 4 mln 710 ming so`m pul mablag`larini qaytarib ololmaganliklari,  “SHOXIJAHON TRAVEL” MChJ esa ularga keyingi parvoz uchun vaucherlar taklif qilganini bildirishgan.

Agentlikning hududiy tuzilmasi sa`y-harakati bilan mazkur muammo iste`molchi foydasiga hal etildi: aviakassa tomonidan  4 mln 710 ming so`m pul qaytarildi.

Ma`lumot o`rnida. Sotuvchi (ijrochi) iste`molchini haq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek,  ko`rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emasligi aniq ko`rsatib o`tilgan. (O`zbekiston Respublikasining Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonuni 21-moddasi).

    Boshqa yangiliklar