Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda ma`lumotlar uzatish tarmog`ining o`tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan.
Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o`tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilgan.
95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xo`jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.
Bugungi kunda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda.