AsosiyJinoyat

Samarqandda qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuboryotgan ayol qo`lga olindi

'Samarqandda qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuboryotgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

2022 yil 07 yanvar kuni Samarqand viloyat IIB boshlig`i nomiga fuqaro S. ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlarni Turkiya davlatiga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3.500 AQSh dollari miqdorida pul so`raganini ma`lum qilib, N.A. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Ariza yuzasidan 08 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o`tkazilib, Samarqand shahar “Shota Rustaveli” ko`chasida yashovchi N.A. ismli shaxs “M” va “Sh” ismli qizlarni Turkiya davlatiga fohishalikka yuborish uchun kelishilgan 3.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekistonning Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar