AsosiyJinoyat

Chust tumani va Termiz shahrida fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Chust tumani va Termiz shahrida fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Chust tumani va Termiz shahrida fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.

“S.E.” MChJ rahbari I.M. fuqaro D.ning O`sh davlat universitetidagi o`qishini 2 700 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida O`zbekiston Respublikasidagi oliy o`quv yurtlaridan biriga ko`chirish haqida buyruq chiqartirib berishni va`da qilib, shundan 1 100 AQSh dollari va 4,6 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan. 

Shu kabi, tergovga qadar tekshiruvda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi Sh.N. va boshqalar fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uning ukasi Xarkov milliy tibbiyot universiteti talabasi J.ning o`qishini tanishlari yordamida Buxoro Davlat tibbiyot institutiga ko`chirib berishi evaziga 4 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida, Sh.N. tomonidan ixtiyoriy qaytarilgan 100 AQSh dollari va 400 ming so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar