AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari Xolmamat Norboevning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda qat`iy karantin cheklovlari bo`lishi rejalashtirilmayapti.
"Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak", — dedi Xolmamat Norboev.
«Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina "Omicron"dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik engilroq o`tadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig`ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigienaga qattiq e`tiborli bo`lishimiz kerak», — deya qo`shimcha qildi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova.