O`zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hamkorligida o`tkazilgan yig`ilishda O`zbekiston jurnalistikasi ensiklopediyasini yaratish masalasi muhokama etildi.
O`zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining rahbari Olimjon O`sarovning ta`kidlashicha, bugungi kunda O`zbekistondagi 8 ta oliy ta`lim muassasasida jurnalist kadrlar tayyorlanadi. Qolaversa, respublikada 2400 ga yaqin ommaviy axborot vositalari ro`yxatdan o`tgan. Shunday bo`lsada ular uchun yagona ilmiy-amaliy qo`llanma mavjud emas.
Yig`ilishda ensiklopediyaning shakl va mazmun mundarijasi kelishib olindi. Shuningdek, uni tayyorlaydigan olimlarning doimiy hay`ati kengashi tuzildi.






