"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Kubogi 1/32 finalidan o`rin olgan "Nottingem Forest"ga (0:1) qarshi bahsdan so`ng o`z fikrlarini bilan o`rtoqlashdi.
"Raqib g`alaba qozondi. Ular gol urishdi, biz esa buni uddasidan chiqa olmadik. Gol urish uchun etarlicha harakat qilmadik, buning uchun muxlislardan uzr so`rashimiz kerak.
Hozir mag`lubiyat uchun bahona izlamoqchi emasman. Kubokda yaxshi o`ynamasang, uni tark etishing aniq.
"Nottingem"ni mag`lub etish uchun kerakli saviyani ko`rsata olmadik. Bu esa jamoaviy muammomiz bo`ladi", — deya Artetaning so`zlarini keltiradi VVS.






