AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi boshlandi

'O`zbekistonda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi boshlandi'ning rasmi

AOKAda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. 

️Qayd etilishicha, hozirgi kunda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichi boshlandi.  

Ayni vaqtda respublikamizdagi barcha mahallalarda yashovchi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta ro`yxatdan o`tkazish ishlari boshlangan.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqichida  ayollarning muammolari qaytadan o`rganiladi. Ta`kidlanishicha, bunda hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz chetda qolib ketmasligiga alohida e`tibor beriladi.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqich ishlari joriy yil 10 fevralida yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar