Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G`uzor tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “Q.T.” AJ rahbari U.D. tadbirkor Sh.ning ishonchiga kirib, korxonaning 1,2 mlrd so`mga baholanib, auksion orqali sotuvga qo`yilgan ishlab chiqarish binosini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali arzon narxda olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida U.D. tomonidan 1 000 AQSh dollarini ixtiyoriy qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






