AsosiySport

Poytaxtimizda boks bo`yicha qit`a chempionati o`tkaziladi

'Poytaxtimizda boks bo`yicha qit`a chempionati o`tkaziladi'ning rasmi

20-30 yanvar kunlari Toshkentda boks bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan yigit va qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati bo`lib o`tadi. Ayni paytda chempionatga tayyorgarlik qizg`in davom etmoqda.

Musobaqada qit`amizning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etadi. “Universal” sport saroyi mezbonlik qiladigan bellashuvlar erkaklar o`rtasida 13 ta, qizlar o`rtasida esa 12 ta vaznda o`tkaziladi.

Bokschilarimiz Toshkent viloyatining “Yangiobod” o`quv bazasida musobaqaga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Qayd etish lozimki, bunday toifadagi musobaqa Osiyoda ilk marotaba o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar