2022 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 391tani tashkil etgan.
2021 yil yanvar- dekabr oylarida ushbu sohada 1 848 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,3 foizga oshganligini ko`rishimiz mumkin.
2021 yil yanvar- dekabr oylarida sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko`p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo`lgan hududlar:
Toshkent shahri – 340 ta
Farg`ona viloyati – 213 ta
Samarqand viloyati – 186 ta
Andijon viloyati – 160 ta






