Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jami 43 695 ta qurilish korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2 745 taga ko`p.
2021 yil davomida 6 341 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 811 ta
Toshkent viloyati – 3 851 ta
Farg`ona viloyati – 3 538 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 371 ta
Samarqand viloyati – 3 280 ta
Andijon viloyati – 3 132 ta
Buxoro viloyati – 2 859 ta
Surxondaryo viloyati – 2 737 ta
Qoraqalpog`iston R. – 2 405 ta
Namangan viloyati – 2 398 ta
Jizzax viloyati – 2 037 ta
Xorazm viloyati – 2 025 ta
Navoiy viloyati – 1 685 ta
Sirdaryo viloyati – 1 566 ta






