AsosiyJinoyat

Ukraina fuqarosiga tegishli bo`lgan “Golden Cash story” moliyaviy piramida bo`lib chiqdi

'Ukraina fuqarosiga tegishli bo`lgan “Golden Cash story” moliyaviy piramida bo`lib chiqdi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida "Darakchi" muxbiri Maftuna Jo`raeva xabar qildi.  

Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 15 yanvarda Ukraina fuqarosi M.M, Toshkentda “Golden Cash story” MChJ xorijiy korxonasini ta`sis etgan.  

️Korxonaning asosiy faoliyati ulgurji savdo amalga oshirish bo`lsa-da, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ`ibot-tashviqot uyushtirib, ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investisiya tariqasida kiritganlarga haftasiga 2,3%, yiliga 40% dan 262% gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan. Natijada minglab fuqarolardan 100 AQSh dollaridan 10.000 AQSh dollarigacha bo`lgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qo`lga kiritishgan.  

Holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumondorlarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.  

Jabrlanganlar asosan Toshkent shahri, Farg`ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Qaraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatlaridan.

Tergov harakatlari davom etmoqda

 

    Boshqa yangiliklar