Adliya vazirigining eslatishicha, O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga ko`ra, xodim quyidagi holatlarda ishga qo`yilmaydi:
- majburiy tibbiy ko`rikdan o`tishdan bo`yin tovlaganda;
- o`tkazilgan tekshirishlar natijalari bo`yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaganda;
- karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo`lganda profilaktik emlashdan o`tish rad etilganda;
- alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta`siridan mastlik holatida.
Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.
Xodim g`ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga etkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi (https://lex.uz/docs/-142859#144344).






