Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yangiyo`l tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro A.X. A.I. bilan o`zaro til biriktirib, Sh.R.ning ishonchiga kirib, uni dastlab Qirg`iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yib, birinchi kursni tamomlagach yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2-kursni Toshkent davlat farmasevtika institutiga ko`chirib berishni 10 000 AQSh dollariga kelishib, oldindan 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






