31 dekabr kuni fuqaro K.M IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning avgust oyida noma`lum shaxs shahar markazida Gulshan MFY hududida ishonchiga kirib, 500 AQSh dollari evaziga ukasini Koreya davlatiga ishga yuborishni aytib, pullarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






