AsosiyJinoyat

Samarqandda 65 yoshli keksa qariyb 500 gr. "opiy"ni kontrabanda yo`li bilan O`zbekistonga olib kirdi

'Samarqandda 65 yoshli keksa qariyb 500 gr. "opiy"ni kontrabanda yo`li bilan O`zbekistonga olib kirdi'ning rasmi

Viloyat IIB bu haqda ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB JQB xodimlari bilan hamkorligida, joriy yilning 11 yanvar kuni narkotik vositalar savdosiga qarshi kurashish yo`nalishida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida, Urgut tumanida yashovchi, ilgari O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan sudlangan, 65 yoshli keksa yaqin qarindoshi yordamida, uning boshqaruvidagi "Lacetti" avtomashinasida 497,51 gr. "opiy" narkotik moddasini yo`lovchi sifatida olib ketayotgan vaqtda, to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi va ashyoviy dalillar olib qo`yilgan.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu narkotik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan olib o`tilgan.

Ushbu holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar