AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida kuchli yomg`ir kutilyapti

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida kuchli yomg`ir kutilyapti'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha bugun kunduz kuni O`zbekistonda beqaror ob-havo kuzatiladi. 

Respublika hududlari bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati biroz pasayadi va 9-14° iliqni tashkil etadi, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti kuchli bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gasha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar