Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi X.M yangi yilning birinchi kunida Toshkentga ketish uchun temir yo`l vokzaliga boradi. O`zini A.T deb tanishtirgan chiptachi spirtli ichimlik iste`mol qilgani sabab fuqaroga chipta rasmiylashtira olmay internet tarmog`i ishlamayotganini bahona qilgan.
Holat guvohi bo`lgan IIB TXTB xodimlari chiptachi mast holatda ekanini ko`rib unga nisbatan huquqiy chora ko`rishadi
Natijada xizmat vaqtida spirtli ichimlik iste`mol qilganligi uchun A.Tga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 187-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va bayonnoma rasmiylashtirildi. Holat o`rganilib bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima jazosi qo`llanildi. Bundan tashqari vokzal xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi hamda rahbariyatga taqdimnoma kiritildi.






