AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 17 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'O`zbekistonda 17 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi 16 yanvar soat 20 dan – 17 yanvar soat 20 gacha kuzatilishi mumkin bo`lgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechasi va ertalab kuchli bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-252 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kunning ikinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar