AsosiyJamiyat

Andijon viloyatiga prokuror tayinlandi

'Andijon viloyatiga prokuror tayinlandi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimligida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. 

Yig`ilishda Bosh prokuror buyrug`iga asosan Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan Eshpo`latov Sirojiddin Qorshiboevich jamoatchilikka tanishtirildi.  S.Eshpo`latov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlagan. 

Ma`lumot uchun: Sirojiddin Eshquvvatov 1980 yilda Jizzax viloyatida tavallud topgan. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Bosh prokuratura Oliy o`quv kurslarini tamomlagan.

Sirojiddin Eshquvvatov 2011 - 2014 yillarda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari – axborot-tahlil bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

 

    Boshqa yangiliklar