Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik ko`rsatilmaydi. Bu haqda DXА Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim jarayonini boshqarish hamda bolalarni qabul qilish va navbatga qo`yish bo`yicha elektron tizimning yangi talqini joriy etilayotganligi sababli bolalarni davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik, ya`ni 17-yanvardan 1-fevralga qadar ko`rsatilmaydi.






