AsosiyJamiyat

1-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish kamida 80 foizga etkaziladi

'1-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish kamida 80 foizga etkaziladi'ning rasmi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti eksperti Dilfuza VAHOBOVA Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi haqida haqida fikr yuritdi. 

– 1-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrov darajasini kamida 80 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olishni 100 foizga etkazish, xususiy sektorni jalb etish orqali 7 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etish mo`ljallangan.

Loyihada o`rta ta`limda qamrov talab darajasida bo`lgani uchun zamonaviy maktablar qurish orqali qo`shimcha 1 mln. 200 ming yangi o`quvchi o`rinlarini yaratish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, xususiy maktablar ulushini 8 foizga etkazish, yoshlarni kompyuter va axborot texnologiyalari bo`yicha bilimlarini oshirish uchun 100 mingdan ortiq bepul to`garakalar tashkil qilish, har bir fan bo`yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikasiya talablarini belgilash orqali ta`lim sifatini yaxshilash, o`qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich oshirib borish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar