1

Tanishuv saytlarida ilk tanishuv uchun eng yaxshi 4 ibora

SUG'DIYONA 17.05.2016, 15:40
Teglar: Muhabbat
Tanishuv saytlarida ilk tanishuv uchun eng yaxshi 4 ibora

Ijtimoiy tarmoqda muloqotni nimadan boshlash zarur?

Internet texnologiyalari rivojlangan asrda odamlar tanishuvni ham virtual tarzda amalga oshiradigan bo`lishgan. Ilk tanishuv paytida gapni nimadan boshlash zarurligi haqida “ELLE.RU ” nashri sizga quyidagi iboralardan foydalanishni tavsiya etadi.

“Tayyormisiz?”

Ilk yozishuvni to`satdan  “Men bilan attraksion uchishga tayyormisiz?” deb boshlang. Gapni bunday dabdurustdan boshlashdan maqsad, suhbatdoshingizga qanchalik yoqqaningizni va uning hazil-mutoyibaga moyilligini bilib olishdir. Bundan tashqari, bu savol bilan birga suhbatni davom ettirishga mavzu topiladi.

“Suratdagi ko`zoynagingiz (yoki krossovkangiz)ni qaerdan olgansiz?”

Bunday savol bilan suhbatdoshingizning hayotiga qiziqqanligingizni ko`rsatasiz. Hech kimga sir emaski, inson o`zi haqidagi yoqimli gaplarni tinglashga moyil bo`ladi. Agar uning biror suratida taqib tushgan ko`zoynagi haqida savol berib, “Men ham shunaqa ko`zoynak sotib olmoqchi edim”, degan gapingizni u maqtov sifatida qabul qiladi va bu narsa kelajakdagi muloqot uchun asos bo`ladi. 

“Chang`i (boks yoki boshqa sport turlarini ham aytish mumkin) Men ham shu sport turi bilan shug`ullanmoqchi edim…”

Uning qiziqishlari haqida gap boshlash suhbatdoshingizni o`zingizga jalb qilishning eng yaxshi imkoniyatlaridan biridir. Ayniqsa, erkaklar o`zi yaxshi biladigan sport turlari haqida so`zlashishni yoqtiradi. Qarabsizki, u kelajakda bo`ladigan sport musobaqasiga sizni ham taklif etadi. 

“Uzr, mabodo siz ... ni tushunmaysizmi?”

Bu iborani turli — “fotoshopni”, “mashinani”, “dazmolni” kabi so`zlar bilan davom ettirish mumkin. Bunga erkak kishi javob bera oladigan har qanday mavzu to`g`ri keladi. Savol berishda tortinmang, kuchli jins vakillarining aksariyat qismi ayollarning ojizligini yoqimli holat deb qabul qiladi va unga o`zini ko`rsatish uchun bor mahoratini ishga soladi.

Sharhlar

​HINDChA MUHABBAT

21.06.2017, 16:08

Xalqimga yordam kerak, uning dardlari ko`pTest sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ozod poytaxtdagi eng nufuzli tibbiyot instituti talabasiga aylandi. O`qishga yangi qabul qilinganlarni tabriklash marosimi hashamatli zalda...
​Sevib qolgan o`smirga qanday munosabat bildirish kerak?

16.06.2017, 10:54

— Yoshim o`n beshda. Sinfdosh yigitim bilan bir-birimizga ko`ngil qo`yganmiz. Yaqinda onam bilib qolib, meni urishib berdi. Dadam ham bundan xabar topib, «U bolaga bermaymiz,...
​Kanadada sevishganlar mingan havo shari muhabbat izhoridan keyin daraxtga urildi (Video)

31.05.2017, 11:59

Ammo yigit mazkur voqeadan xafa bo`lmadi, aksincha shunday unutilmas kunda shunday voqea ro`y berganidan qalbi quvonchga to`ldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.Kanadaning Albert provinsiyasida yashovchi...
​“Ko`nglida nima bor, bilmayman!...”

04.05.2017, 14:31

«Erimni menchalik yaxshi biladigan inson yo`q» deysizmi? To`g`ri, qanday taomni yoqtirishi-yu, xarakteri, do`stlari yoxud qiziqishlaridan xabaringiz bor. Ammo uning reja, maqsad va o`ylari haqida nima...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1