Gresiya hukumati 17 yanvar, dushanba kunidan 60 yoshdan yuqori bo`lgan aholi uchun majburiy emlashni joriy qildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, majburiy emlashdan bosh tortganlar aholi jarimaga tortiladi. Yanvar oyida jarima miqdori 50 evroni tashkil qilsa, keyingi oylardan esa 100 evroni tashkil qilishi mumkin.
Gresiyada "omikron" shtammi tarqalishidan so`ng kasallanish va o`lim holati keskin oshgan. Shuni hisobga olgan holda mamlakat sog`liqni saqlash vaziri bu kabi choralarni qo`llash muhim ekanini ta`kidladi.
Bugungi kunga kelib Gresiya aholisining uchdan ikki qismi emlangan.
Worldometer ma`lumotlariga ko`ra, pandemiya boshlanganidan beri Gresiyada 1,6 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan, shundan 21,7 mingga yaqini vafot etgan.
23.09.2021, 10:57
Afg`onistonning sobiq parlament a`zolariga vaqtinchalik yashash uchun Gresiyadan joy berildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib O`zA xabar bermoqda.Unga ko`ra, ayollar Nyu-Yorkda joylashgan nodavlat...10.09.2020, 09:25
Gresiyaning Lesvos orolidagi eng katta Moriya muhojir va qochqinlar lageri butunlay yonib ketdi.ERT telekanali xabariga ko`ra, 12,8 ming kishi yashab kelayotgan lagerdagi yong`in COVID-19 bilan...