Avvalroq, Qozog`iston chegarasida qo`lga olingan O`zbekiston fukarosining qo`l telefonida Chimkentdagi namoyishlarga oid materiallar aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu fuqaro haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
Yaqinda qator ommaviy axborot vositalarida Qozog`istonda sodir bo`lgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining 2022 yil 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog`iston Respublikasi) "Jibek joli" o`tish punktida qo`lga olinganligi haqida yangiliklar e`lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasi matbuot xizmatidan olingan ma`lumotga ko`ra, qo`lga olingan shaxs O`zbekiston Respublikasi fuqarosi emas.
Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasining veb-saytida joylashtirilgan.